
Timo Verner 42 yillik rekordni takrorladi
Xabaringiz bor kecha Germaniya Bundesligasining 16-turida “Leyptsig” safarda “Borussiya” Dortmund mehmoni bo‘ldi va 3:3 hisobida durang qayd etdi. Shu kuni mehmonlar hujumchisi Timo Verner dubl qayd etdi.
E’tiborlisi, 23 yoshli Verner Bundesliganing dastlabki 16 ta turida 18 ta gol urgan so‘nggi 42 yil ichidagi ilk nemis futbolchisi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, bunday natijani so‘nggi bor 1977/78 yilgi mavsumda afsonaviy Gerd Myuller qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, Verner ayni damda Bundesliga to‘purarlar jadvalida “Bavariya” forvardi Robert Levandovski bilan birga peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar