
Tezkor! Shomurodovning "Kalyari"dagi kelajagi bo‘yicha muhim ma’lumot
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Sardiniya klubining doimiy a’zosiga aylanishi mumkin.
Qatardagi Osiyo kubogini o‘tkazib yuborgan vakimiliz jarohatidan forig‘ bo‘lgach, Klaudio Raneri jamoasining hujumdagi asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Shomurodov shu paytgacha sardiniyaliklar safida A Seriyaning 18 ta o‘yinida ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 3 ta assistga mualliflik qildi.
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimizning transfer huquqlari "Roma"ga tegishli. "Unione Sarda" nashri xabariga ko‘ra, Raneri jamoasi 28 yoshli hujumchimizni sotib olmoqchi. Uning shartnomasida sotib olish optsiyasi mavjud va klub uni faollashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar