Tez orada "Vest Xem"ning xo‘jayini o‘zgarishi mumkin
Chexiyalik milliarder Daniel Kretinskiy "Vest Xem" klubini sotib olmoqchi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, tadbirkor kelasi hafta oxirigacha "bolg‘achilar"ning 27 foiz aktsiyasini, kelajakda esa klubni to‘liq qo‘lga kiritish niyatida.
Krshetinskiydan birinchi transh 600-700 million funtni tashkil qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Vest Xem" premer-liganing joriy mavsumini muvaffaqiyatli boshladi. London klubi 9 turdan keyin musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar