
Terma jamoalar markazini tashkil etishda Marokash tajribasi o‘rganiladi
FIFA bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida barpo etilayotgan O‘zbekiston terma jamoalari uchun markazni xalqaro standartlar asosida bunyod etish, jihozlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida boshqa davlatlarning tajribalari ham o‘rganilmoqda.
FIFAning taklifiga binoan O‘FA rahbariyati futbol infratuzilmasi bilan tanishish, xalqaro tajribani o‘rganish va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashish maqsadida Marokash terma jamoalar markazida bo‘ldi.
Mazkur markazdan 8 ta standart maydon, 150 o‘rinli futbol akademiyasi, yopiq futbol va futzal inshootlari, ilmiy-uslubiy, tibbiy va reabilitatsiya markazi, texnik direktorlar markazi, milliy terma jamoalar yotoqxonasi va fitnes zallari o‘rin olgan.
O‘z o‘rnida yurtimizda qad rostlayotgan bazadagi reabilitatsiya va tibbiyot markazi, mashg‘ulotlar zali, yopiq sport kompleksi, konferentsiya xonalari, zamonaviy restoran va futbolchilar turar joyini xalqaro standartga mos jihozlash bo‘yicha kerakli tavsiyalar olindi. Terma jamoalarning tayyorgarlik sharoitlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mahalliy mutaxassislar bilan fikr almashildi.
O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar