
Tennischimiz bitta xalqaro turnirda ikkita sovrin yutmoqchi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan M15 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Sergey Fomin chorak finalga chiqdi.
Hamyurtimiz musobaqaning nimchorak finalida neytral tennischi Bekan Atlangeriev bilan raqobatlashdi va 7:5, 4:6, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi S.Fomin yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan uchrashuvda neytral tennischi Konstantin Jenov bilan kuch sinashadi.
Turnirning juftlik bellashuvlarida Sergey Fomin va Pavel Verbin tandemi yarim final ostonasida chexiyalik Matyas Cherniy va Yonas Kuchera juftligini 6:2, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa 1/2 final bosqichida neytral tennischi Ivan Denisov va polshalik Yasha Shayrix duetiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar