Tennischilar yana sabr qilishga majbur!

  • 17 may, 2020, 10:25
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Professional tennischilar assotsiatsiya (ATR), Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) joriy yilgi mavsumni 31 iyul kuniga qadar davom ettirmaslikga qaror qildi.

Tecno

Musobaqalarning o‘tkazilish vaqti yana kechiktirilgani, koronavirus pandemiyasi hamon dunyo bo‘ylab keng tarqalishda davom etayotganidir. Karantin e’lon qilingan kundan boshlab mavsumni davom ettirilish vaqti uch marotaba o‘zgardi. Dastlab, iyun oyini boshiga qadar hech qanday tennis turnirlari o‘tkazilmaslikga qaror qilindi. Ikkinchi bora, esa bu qaror 13 iyul kuniga cho‘zildi. Endi esa 31 iyul kuniga qadar mavsum davom ettirilmaydigan bo‘ldi.

Hozirda, dunyo bo‘ylab koronavirus 4,4 milliondan ortiq insonni zaharladi va  300 ming nafar odamni bu hayotdan olib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!