
Taxmina Ikromova ko‘pkurashda Olimpiada chempionini ortda qoldirdi
Toshkent mezbonlik qilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida dastlabki medallar o‘z egalariga topshirildi.
Quvonarlisi, ko‘pkurash dasturida germaniyalik Olimpiada chempionidan yaxshiroq natija qayd etgan hamyurtimiz Taxmina Ikromova oltin, guruh mashqida qatnashgan qizlarimiz Evelina Atalyans, Maftuna Zoirova, Adelya Fayzulina, Mumtozabonu Is’hoqzoda, Amaliya Mamedova va Irodaxon Sodiqova esa kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Yakkalik, ko‘pkurash:
1-o‘rin:Taxmina Ikromova (O‘zbekiston)
2-o‘rin: Darya Varfolomeev (Germaniya)
3-o‘rin: Liliana Levinska (Polsha)
Guruh mashqi, ko‘pkurash:
1-o‘rin: Polsha
2-o‘rin: O‘zbekiston
3-o‘rin: Xitoy
Bugun alohida mashqlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Fikrlar