Tarix takrorlandi! "JCh-2018" saralashining 3-bosqichini ham ikkita g‘alaba bilan boshlaganmiz, lekin...

  • 11 sentabr, 2024, 09:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi marta "JCh-2018" saralashining 3-bosqichigacha etib borgan. O‘shanda Babayan shogirdlari 2 ta g‘alaba bilan o‘z yurishini boshlagandi. 

Tecno

Birinchi turda Suriya O‘zbekictonga tashrif buyuradi. Uchrashuvning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Geynrix gol urib, jamoaning g‘alabasiga katta hissasini qo‘shadi. 

Ikkinchi turda esa vakillarimiz Qatar maydoniga safar qiladi. Yana bitta gol o‘yin taqdirini hal qiladi. Bu safar qahramon Krimets. So‘nggi daqiqalarda standart vaziyatni Geynrix amalga oshiradi va Egor boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘yadi. 

44 Qatar V Uzbekistan World Cup 2018 Qualifiers Stock Photos, High-Res  Pictures, and Images - Getty Images

Ammo 3-turda O‘zbekiston ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oladi. "Bunyodkor" stadionida Eron birgina gol orqali g‘alaba bilan uyga qaytadi. 

Bu safar ham 3-tur Eronga qarshi o‘tkaziladi. 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin ko‘p narsani belgilab berishi mumkin. Sababi, forslar hali ham o‘z kuchiga ega bo‘lib turgan kam sonli Osiyo jamoalaridan. Biz bu saralashda Avstraliya, Qatar, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarning o‘z darajasini yo‘qatayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ammo Eron ikkita turda ham o‘z ochkolarini ilib ketdi va ayni paytda guruhda O‘zbekistondan keyin ikkinchi pog‘onada turibdi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi FIFA kunlarida O‘zbekiston Erondan tashqari BAA bilan ham kuch sinashadi. Arablar birinchi turda Qatarni ishonchli hisob bilan taslim qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
11/09/2024 15:25
Эй сохта журналистлар нафасингни иссирок кил бунча нафасинг совук булмаса худо хохласа ютамиз деб тур номард.