Tailand chempionati. Igor Sergeev jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 22 sentabr, 2024, 22:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval, Tailand chempionatining markaziy bellashuvi yakunlandi. Hamyurtimiz Igor Sergeev harakat qiladigan "Patxum Yunayted" klubi qiyin, ammo qimmatli g‘alabani tantana qildi. 1:2 hisobida yakunlangan o‘yinda mehmonlar ikkita gol kiritib, tablodagi ko‘rinishni ancha ishonchli qilib olgan edilar. Bellashuvning so‘ngi soniyalari o‘tib borayotgan bir pallada esa, mezbon jamoa ham birgina javob to‘pi yo‘llashga ulgurdi. 

Eslatib o‘tish joiz, milliy terma jamoamiz forvardi yanvardagi Osiyo Kubogida orttirib olgan jiddiy jaroxati sababli 8 oydan buyon yashil maydonga qayta olmayabdi.

Shunday qilib, ochkolari sonini 13 taga etkazib olgan "Patxum Yunayted" Tailand chempionatining musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!