
"Surxon" futbolchisi mavsumning ikkinchi qismini vodiy klubida o‘tkazadi
"Surxon" klubi himoyachisi Sunnatulloh Hamidjonov ijara asosida "Andijon" klubiga yo‘l oldi.
Futbolchi shu yilning so‘nggiga qadar "burgutlar" safida to‘p tepadi.
Joriy mavsumda u "Surxon" safida jami 13 ta bellashuvda maydonga tushgan va jami 1078 daqiqa harakat qilgan.
Futbolchi bunga qadar 2021 yilda ham "Andijon" safida to‘p tepgan.
Fikrlar