
Superliga. OKMK - "Navbahor" o‘yini uchun chiptalar narxi qancha?
O‘zbekiston Superligasi 5-tur doirasida Olmaliqning OKMK klubi poytaxtdagi “Jar” stadionida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 9 aprel kuni soat 18:00 da boshlanadi.
Musobaqa jadvalida peshqadamlar guruhida borayotgan ushbu jamoalar bahsi qiziqarli va murosasiz o‘tishi hamda uni stadiondan bevosita tomosha qiluvchilar ko‘pligi inobatga olinib, chiptalar oldindan tayyorlandi va o‘yin kuni ertalabdan sotuvga chiqariladi.
Chiptalar narxi CIP sektor uchun 30 ming so‘m, qolgan barcha sektorlar uchun bir hil toifada – 10 ming so‘mdan etib belgilangan. “Navbahor” muxlislariga 6-7-8 sektorlardan chipta harid qilishlari tavsiya etiladi. Qolgan sektorlarga OKMK muxlislari va poytaxtdagi neytral ishqibozlar joylashadi.
Chiptalar o‘yin kuni ertalab soat 9:00 dan boshlab stadion kassalarida sotiladi.
Manba: OKMK matbuot xizmati.
Fikrlar