Superliga. "Buxoro"dan so‘ng "Turon" ham Pro ligaga ravona bo‘ldi

  • 22 noyabr, 2023, 21:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Andijon" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mezbonlarning yagona golini Xurshid Muxtorov penaltidan kiritdi. "Burgutlar"ning 3 goli esa Sardor Azimov, Ildar Mamatkazin va Sardor Abdunabiev nomiga qayd etildi. 

Shu tariqa, 37 ochkosi bor Xomyakov shogirdlari 7-pog‘onadan joy egalladi. Yorqin Nazarov shogirdlari esa 16 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.

Keyingi turda g‘alaba qozonsa ham yaypanliklar 12-o‘rindagi "Qizilqum"ga etib olishni uddalay olmaydi. Shu tariqa, "Turon" kelasi mavsumni Pro ligada boshlaydigan bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!