
Superliga. "Buxoro" - "Dinamo" bahsida kuchlar teng keldi
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" bellashuvi yakuniga etdi.
"JAR" stadionida kechgan mazkur bahsda jamoalar durangga imzo chekdi - 2:2.
Dastlab, 34-daqiqada Anvarjon Hojimirzaev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Shahboz Jo‘rabekov uzoq masofadan to‘pni darvozaaga joylab qo‘ydi va kuchlarni tenglashtirdi. Frane Ikichning 74-daqiqadagi goli "Buxoro"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 87-daqiqada Xislat Halilovning oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Fikrlar