
Superliga. Bugun "Paxtakor"ni Kamoliddin Tojiev maydonga boshlab tushadi
Bugun Superliga 20-turi start oladi.
Tur doirasida ikkita o‘yin bo‘lib o‘tadi. "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskixning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sababli Superliga 20-turi doirasida "Olimpik" klubiga qarshi kechadigan bugungi bahsda jamoani yordamchi murabbiy Kamoliddin Tojiev maydonga boshlab tushadi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin 17:30da start oladi.
Fikrlar
Хатто Металлургдан замбарак укини олдик.