
Superliga. Avtogol, FANTASTIK gol va penalti. AGMKdan navbatdagi g‘alaba
Superliga 11-turidan o‘rin olgan AGMK - "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safida gollarga Murod Toshmatov, Muhsin Ubaydullaev (avtogol) va Xurshid G‘iyosov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona va super goli Sirojiddin Qo‘ziev hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, AGMK ochkolari sonini 20 taga etkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. "Neftchi" hisobida 9 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 11-pog‘onani band etgan.
Fikrlar