
Superkompyuter joriy mavsum EChL favoritlarini aniqladi
"Opta" nashri superkompyuteri jamoalarning joriy mavsum UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
Musobaqaning amaldagi g‘olibi "Manchester Siti" bu safar ham yaqqol favorit. Ingliz klubining g‘alabasi qozonishi 28,7 foiz. Ikkinchi o‘rinda "Bavariya" joylashgan. Nemis grandining imkoniyatlari 14,2 foizga baholanmoqda. Kuchli uchlikni "Real Madrid" yakunladi – 13,9 foiz.
Kuchli o‘ntalikka shuningdek: "Inter", "Arsenal", PSJ, "Barselona", "Atletiko", PSV va "Borussiya" Dortmund kirdi. Chempionlar ligasining nimchorak final o‘yinlari kelasi yilning fevral va mart oylarida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar