Superhujumchi "Chelsi"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Kristofer Nkunku kelasi yili yozda ”Chelsi" klubiga o‘tishi mumkin. Germaniyaning "BILD" nashri berayotga ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi allaqachon Frankfurtda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Klub buni yashirincha amalga oshirgan. Hali to‘liq transfer amalga oshmadi. Chunki ikkala klub transfer narxi bo‘yicha hali muzokaralar o‘tkazmagan.
Nkunku bu yozda »Leyptsig” bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirgan edi. Uning tovon puli 60 million evro qilib belgilangan va ”Chelsi” futbolchini 60 million evroga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Frantsiyalik ushbu mavsum barcha chempionatlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta asisstni amalga oshirdi.



Fikrlar