
Sulsherga "Barselona" futbolchisi kerak
"Manchester Yunayted" yozgi transfer vaqtida "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Mirror" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Barsa" bosniyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Pyanichning xizmatiga "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunner Sulsherning shaxsan o‘zi qiziqish bildimoqda.
Transfermarkt portali 31 yoshli futbolchini 28 million evroga baholamoqda. Joriy mavsum Miralem 28ta o‘yinda maydonga tushib, birorta samarali harakat amalga oshirmagan. Pyanich "Barselona" safiga o‘tgan yozda qo‘shilgandi.
Fikrlar