
Stol tennisi. Qizlarimiz ham jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi
Avval xabar berganimizdek, bugun Xitoyning Chendu shahrida stol tennisi bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati boshlandi. MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, ayollar terma jamoamiz ham birinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘lishdi. Vengriya termasiga qarshi bahs olib borgan vakillarimizdan faqatgina Rozalina Xodjaeva o‘z bellashuvini g‘alaba bilan yakunlay oldi.
O‘zbekiston 1 – 3 Vengriya
Marhabo Magdieva – Dora Madaras 0:3
So‘g‘diyona Madalieva – Leoni Xartbrix 0:3
Rozalina Xodjaeva – Xelga Dari 3:1
So‘g‘diyona Madalieva – Dora Madaras 0:3
Fikrlar