SPORTS.uz talqini bo‘yicha Superliganing 5-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing

  • 22 aprel, 2019, 15:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor o‘tgan haftada Superligada 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu tur ham muxlislar bir-biridan qiziqarli va kutilmagan o‘yinlarga guvoh bo‘lishdi.

Tecno

SPORTS.uz portali ham o‘z talqini bo‘yicha ushbu o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan va jamoasiga foyda keltirgan futbolchilardan iborat tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Darvozabon: O‘tkir Yusupov ("Navbahor").

utkir

Bu turda eng yaxshi darvozabon sifatida O‘tkir Yusupovni tanladik. "Surxon" bilan kechgan uchrashuvda Yusupov o‘z darvozasi dahlsizligi saqlab qoldi. Termizliklar ishtirokidagi bir nechta havfli vaziyatlarni bartaraf eta oldi.

Himoyachilar: Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Bobur Akbarov ("Andijon"), Murod Xolmuhammedov ("Qo‘qon-1912"), Elyor Orifov ("So‘g‘diyona").

alij_1

"Paxtakor"ning yosh futbolchilaridan biri bo‘lishiga qaramay asosiy tarkibida to‘p surayotgan Hojiakbar Alijonov "Dinamo"ga qarshi kechgan o‘yinda faol o‘ynadi. O‘z qanotida ishonchli o‘yin ko‘rsata oldi. "Dinamo"ning qanot futbolchilari tezkor va tajribali bo‘lishiga qaramasdan, uning ishonchli tarzda to‘p surishi , raqib tomonidan bo‘layotgan bosimni sezdirgani yo‘q.

bobir

Nihoyat, "Andijon" ham g‘alaba qozondi. "Nasaf" bilan kechgan o‘yinda vodiyliklar himoyachilari ishonchli o‘ynadi. Bobur Akbarov bu borada faollik namoyish etdi. Ulkan tajribaga ega bo‘lgan Akbarov qarshiliklarning qarshiligini bartaraf qildi va "Andijon"ning ilk g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

murod

Qo‘qonliklar sardori Murod Xolmuhammedov "Qizilqum" bilan uchrashuvda katta sahnaga chiqa oldi. O‘yin yakunidagi jarima zarbasini juda chiroyli va ishonchli tarzda bajardi. Murod tomonidan berilgan kuchli va aniq zarbasini Artyom Makosin kutmaganligi tufayli, o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Bu esa qo‘qonliklarga ham mavsumdagi ilk g‘alabani taqdim etdi.

el

Ulug‘bek Baqoevning tashrifidan so‘ng "So‘g‘diyona" yana o‘ziga kela boshladi. "Metallurg" bilan kechgan o‘yinda jizzaxliklar yaxshi o‘ynadi. Elyor Orifov himoyada raqib jamoa futbolchilariga imkoniyat bermadi va o‘zining chiroyli goli bilan "So‘g‘diyona"ning "Mettalurg" ustidan g‘alaba qozonishini ta’minladi.

Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Lutfulla To‘raev ("Bunyodkor"), Azim Ahmedov ("Navbahor"), Arslonmurod Amanov ("Lokomotiv").

jalol

5-turda "Paxtakor" o‘z maydonida to‘p surganiga qaramasdan, "Dinamo"ga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdi. Jaloliddin Masharipov doimgidek "sherlar" safida faol o‘ynadi va chiroyli tarzda gol urishga erishdi. Xorazmlik iqtidor egasining faol harakatlari yakunda "Paxtakor"ga muhim g‘alabani taqdim etdi.

lut

"Bunyodkor"ning tajribali futbolchisi Lutfulla To‘raev AGMKga qarshi kechgan o‘yinda supergol kiritishning uddasidan chiqdi. Aynan uning yagona goli yakunda "qaldirg‘ochlar"ning Olmaliqdan muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishlarini ta’minladi.

azim

"Paxtakor"dan "Navbahor"ga qaytgan Azim Ahmedov "Surxon"ga qarshi kechgan uchrashuvda maydonda eng faol o‘yin ko‘rsatdi. Maydon markazini o‘z tizginida ushlab turdi va “lochinlar”ning etakchi futbolchisi ekanini amalda isbotladi.Chiroyli gol urdi.

amanov

Arslanmurod Amanov o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan “Buxoro”ga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasiga super gol urdi. Turkmanistonlik futbolchi qanotda ko‘plab reydlarni amalga oshirdi. "Buxoro" bilan uchrashuvda Amanov asosiy tarkibda doimiy o‘ynashga loyiq ekanligini ko‘rsatdi.

Hujumchilar: Ro‘zimboy Ahmedov ("Andijon"), Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")

ruzim

"Andijon" mavsumdagi ilk g‘alabasini "Nasaf"ga qarshi kechgan bahsda qo‘lga kiritdi. Ushbu bahsda Ro‘zimboy Ahmedov ikki bor "Nasaf" darvozasiga yo‘l topdi. Bir so‘z bilan aytganda, Ro‘zimboyning dubli "Andijon"ga g‘alaba keltirdi. Ayniqsa, uning dastlabki kiritgan golidagi harakatari muxlislarning olqishlariga sabab bo‘ldi.

temur_1

Marat Bikmaev ketganidan so‘ng Temurxo‘ja Abduxoliqov "Lokomotiv"ning hujum chizig‘idagi asosiy figurasiga aylandi. "Buxoro"ga qarshi kechgan o‘yinda ham Temurxo‘ja maydonda faol o‘ynadi. Havodagi kurashlarda "Buxoro"ning bo‘ydor ikki himoyachidan faol o‘ynadi va individual mahorati evazi gol urdi. Uning gol "Loko"ga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi.

Tur murabbiyi: Ulug‘bek Baqoev ("So‘g‘diyona").

baqoyev

O‘tgan mavsum yakunlangach “Buxoro”dan ketgan Ulug‘bek Baqoev yana murabbiylik faoliyatini boshladi. Uning “So‘g‘diyona”dagi debyuti “Metallurg”dek kuchli jamoaga qarshi to‘g‘ri kelgan bo‘lsada, tajribali mutaxassis jamoasini g‘alaba sari etaklay oldi.

ramziy-jamoa-web

Baxtiyorjon Toshtemirov va Izzatbek Abduvahobovlar tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!