
Son Braziliyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: "Borimizni berdik, bizni ayblamang"
Jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi Braziliya - Janubiy Koreya bahsida "Osiyo yo‘lbarslari" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, 1:4.
Bellashuvdan keyin koreyaliklar yulduzi Son Xyon Min o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. "Borimizni berdik, bizni ayblamang. Agar braziliyaliklarga maydonda ozgina bo‘sh hudud qoldirsangiz, ular darhol gol urishadi.
Hech qaysi futbolchiga aybni to‘nkamoqchi emasman. Ular so‘nggi kuchi qolgunicha kurashdi. Erishgan natijamizdan faxrlanaman",-dedi futbolchi.
Urugvay bilan durang o‘ynab, Portugaliyani mag‘lub etgan koreyaliklar guruh bosqichining ikkinchi o‘rin bilan yakunladi.
Fikrlar