
Sohiba Ro‘zmetova alamli tarzda yutqazib qo‘ydi
Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tyapti.
81 kg da Sohiba Ro‘zmetova qozog‘istonlik Gulsaya Erjanga qarshi ringga ko‘tarildi. 1-raund vakilamizning ustunligida kechgan bo‘lsa-da, keyingi raundlarda hakamlar qozog‘istonlik bokschini g‘olib deb topdi. Shunday qilib, Sohiba bronza medaliga ega chiqadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Oltinoy Sotimboeva va Ukraina bokschisi Mariya Lovchinska jangi kutmoqda.
Fikrlar