
Sobiq chempion "Maxachev - Pore" jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi
Og‘ir vaznda sobiq UFC chempioni Andrey Orlovskiy engil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev bo‘lajak jangida Dastin Poreni ishonchli tarzda mag‘lub etishini aytdi.
"Bu to‘qnashuvda 99,9% ga Islom g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. Pore mening sport zalimdan, mehnatsevar bo‘lishiga qaramay, Maxachev, amerikaliklar aytganidek, "boshqa zot". Bu erta g‘alaba bo‘ladimi yoki yo‘q – bilmayman, lekin Islom albatta g‘alaba qozonishiga ishonyapman. Yaqin kelajakda hech kim Maxachev bilan raqobat qilolmasa kerak ”, — dedi Orlovskiy Instagram dagi obunachilar savollariga javob berar ekan.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev(25-1) va Pore(30-8-1 N/C) o‘rtasidagi jang 1 iyun kuni AQSh ning Nyu-York shahridagi "UFC 302" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar