Skaloni Argentina terma jamoasining mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi

  • 15 noyabr, 2024, 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi Paragvayga (1:2) qarshi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

Tecno

“Men bu erga futbolchilarimni tanqid qilish uchun kelganim yo‘q. Men ularni qo‘llab-quvvatlash uchun shu erdaman. Biz qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Hozirgi tarkibda terma jamoaga yangi kelgan yigitlar ko‘p. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, ammo ikkinchi bo‘lim boshida gol o‘tkazib yuborish vaziyatni qiyinlashtirdi. Shu o‘rinda himoyada juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan raqibni ham e’tirof etishimiz kerak. Endi ushbu o‘yindagi kamchiliklarimizni tahlil qilamiz", - dedi Skaloni.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi Janubiy Amerika qit’asida saralashda 22 ochko bilan yakka tartibda peshqadamlik qilmoqda. Paragvay hisobida esa 16 ochko mavjud va ular beshinchi o‘rinda bormoqda.

Argentina terma jamoasi keyingi uchrashuvda Peruga, Paragvay esa Boliviyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!