“Siti”ning markaziy himoyachisini qishda olib ketishadi

  • 7 sentabr, 08:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati bosh murabbiy Xosep Gvardiola talabiga binoan tarkibni qisqartirish siyosatini davom ettirmoqda.

Tecno

Yozgi transferlar davrida “shaharliklar” o‘n nafar o‘yinchi bilan xayrlashdi. Navbatdagi tozalash ishlari yanvarda davom ettiriladi.

“Shaharliklar”ning 30 yoshli markaziy himoyachisi Natan Ake ham klubdan ketishga yaqin turibdi. Niderlandiyalik futbolchi ichki raqobatni Abduqodir Husanov, Jon Stounz, Ruben Diash va Yoshko Gvardiolga boy beryapti.

Caught Offside nashrining yozishicha, Natan Akeni qishki transferlar oynasi ochilganidan keyin  “Nottingem Forest”, “Everton” va “Tottenxem” o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirgan.

Transfermarkt portali tajribaoi himoyachini 25 million evroga baholagan. Manchesterga 2020 yili kelgan o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!