“Siti” beshta sovrin yutishi va yuta olmasligiga uchtadan sabab (Erkin G‘aybullaev tahlili)

  • 14 aprel, 2019, 19:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pep Gvardiola shogirdlari yaqinda o‘zlarining ikkinchi finaliga yo‘l olishgandi. “Brayton” ustidan qozonilgan kichik g‘alaba evaziga ular Angliya Kubogi finalini naqd qilishdi.

Tecno

Shuningdek, ular EChLning chorak finalida “Tottenxem” bilan javob o‘yinini o‘tkazishadi. Garchi ular dastlabki o‘yinda kutilmaganda safarda 1-0 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olganiga qaramay, “shaharliklar”da hamon navbatdagi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib turibdi.

Karabao Kubogini hisobga olmaganda, amaldagi chempionlar boshqa to‘rt muhim sovringa ega chiqa olishadimi? Yoki yo‘qmi?

Quyida buning iloji bor yoki yo‘qligiga uchtadan sababni tahlil qilamiz.

Ha, ular yuta olishadi

  1. Chunki De Bryuyne yana safda!

O‘tgan mavsum qahramoni joriy mavsumning ma’lum qismida yana o‘z so‘zini ayta oldi. Ammo belgiyalik futbolchi jarohatlari sabab mavsumni bir tekis o‘tkaza olmay kelmoqda. Endi u yana to‘liq safda va bu jamoasi uchun quvonarli xabar.

Bu mavsumda ikkinchi marotaba, yarim himoyachi qatorasiga ikki o‘yinda gol urishda ishtirok etdi.

Yarim himoya uchligiga qaytishi Gvardiolaga yaratuvchanlikni ta’minlab bermoqda. Kuchli jamoalarga qarshi aynan etakchi futbolchining yo‘qligi sezilayotgandi.

Shu tufayli Bernardo Silva yana qanotga ko‘chirilishi aniq. U ko‘proq o‘sha pozitsiyada ancha xavfli o‘yin ko‘rsatadi.

  1. Omad ular tomonda

zamonaviy futbolda yaxshi futbolchilarning bir jamoada bo‘lishi etarli emas. Ko‘plab sovrinlar yutish uchun ozgina omad ham kerak bo‘lmoqda.

“Manchester Siti”ga esa so‘nggi vaqtlarda omad kulib boqmoqda. Ayniqsa Angliya Kubogining yarim final bahsida bu ko‘zga tashlandi.

“Brayton”ga qarshi uchrashuvda Kayl Uoker Alirizo Jahonbaxsh bilan to‘qnashuvda sal qolsa jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘yardi. Yaxshiyamki hakam sariq kartochka bilan cheklandi. VAR tizimi ham hakamning qarorini qo‘llab-quvvatladi. Aks holda bir kishi kam bo‘lib “Brayton”ni yutish og‘ir vazifaga aylanardi.

  1. Laport – yangi “Kompani”

“Manchester Siti” 2008-yilda shayxlarga qo‘liga o‘tganidan beri faqatgina bir futbolchi jamoaning g‘alabalari ramziga aylandi.

Kompani uzoq yillar “Siti” muvaffaqiyatlarida asosiy vazifani bajardi. Biroq jarohatlar epidemiyasi belgiyalik himoyachini ham izdan chiqardi. So‘nggi yillarda unga munosib o‘rinbosar topish klub rahbariyatining boshog‘rig‘iga aylangandi.

Aftidan ular unga o‘rinbosar topgandek. Laport “Brayton”ga qarshi mukammal o‘yinini o‘tkazdi.

U nega klub o‘tgan yanvar oyida 57 million funt sarflaganini amalda isbotlashga kirishib ketdi. 24 yoshli himoyachi Otamendi bilan kuchli himoya chizig‘ini yaratishga ulgurdi, deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yo‘q, ular “poker” qila olishmaydi

  1. Himoyadagi xatoliklar

“Shaharliklar” tarkibida sifati jihatidan ancha yuqori futbolchilarga to‘la. Biroq bir yoki ikki pozitsiyadagi zaiflik ularga muhim turnirlarda g‘oliblikka erishishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

So‘nggi ikki mavsum ichida ular himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun 100 million funtdan ortiq pul sarflashganiga qaramay, orqa chiziqda ba’zi muammolar hamon ko‘zga tashlanib turibdi.

Yana “Brayton”ga qarshi o‘yinni olaylik, jamoa o‘yinni Uolker va Mendi bilan boshladi. Mendi esa uzoq muddatlik jarohatdan keyin endi o‘yinga qo‘shilmoqda. Mendining asosiy tarkibda tushishiga yagona sabab Zinchenkoning hafta o‘rtasida jarohat olib safdan chiqqani bo‘ldi. Uning so‘nggi qaror qabul qilishlari o‘ta kuchsiz edi.

Uolkerning sariq kartochka olishi esa ikkinchi bo‘limda Danilo kurashga qo‘shilishiga zamin yaratdi. Safda bo‘lgan yagona himoyachilardan faqatgina u qoldi.

Mavsum tugashiga o‘ntacha o‘yin qolganida, “Siti” sport formasida bo‘lgan himoyachilarga katta ehtiyoj sezadi.

  1. Gollardan darak yo‘q

To‘g‘ri, jamoa mavsum davomida ko‘plab gollar urdi. Ammo Gvardiola shogirdlari muhim pallalarda to‘purarligini yo‘qotib qo‘ymoqda. Kechagi uchrashuvda ham ular bitta gol urishning uddasidan chiqa olmadi.

So‘nggi vaqtlarda, jamoa hujumchilari ham o‘z samaradorliklarini ancha yo‘qotib qo‘ydi. Jezusni qiynab kelayotgan jarohat girdobi, Agueroda kuzatilayotgan biroz pasayish jamoaning o‘yiniga ta’sir qilmay qo‘ymayapti.

  1. Tartibsizlik

Jamoa kuchli bo‘lmasin, klub fol ishlatish bo‘yicha ancha yuqorida. Yarim final o‘yinida 13 fol ishlatishga majbur bo‘ldi, bu “Brayton”nikidan sakkiztaga ko‘p edi.

Otamendi, Laport va Sterlinglar bu borada klub peshqadamlari. Ularning har birida ikkitadan fol bor.

Agarda ish bu tarzda rivojlansa, EChLda ham ularga yomon bo‘lishi turgan gap.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!