
Simeonening diktatorligi tufayli bir futbolchi qurbon bo‘ldi
Braziliyalik Mateus Kunya "Atletiko Madrid"ni tark etdi va yaqin orada APL turnir jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgan "Vulverxempton" safiga borib qo‘shiladi. Braziliyalik futbolchi bilan shartnomaning shaxsiy shartlari bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgan.
U yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga uchadi. Kunya Madrid klubini argentinalik murabbiy Diego Simeone bilan kelishmovchilik tufayli tark etganini aytdi.
U Simeone jamoasi bilan anchadan beri ishlagani va juda yaxshi natijalarga erishganini ta’kidladi, biroq mutaxassisning jamoada diktatorlik rejimini o‘rnatganiga ham sha’ma qildi.
"Futbolda ham, afsuski, - kimdir senga buyruq beradi, kimdir ierarxiyaga rioya qilishni talab qiladi, sening ustingdan qaror qabul qiladi. Lekin yakunda men ham o‘z fikrlarimni aytishim kerak edi, buni to‘g‘ri yo‘l bo‘ldi deb ayta olaman" - dedi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
Fikrlar