Simeoneni APLga chorlashmoqda

  • 21 yanvar, 2021, 16:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kalyari" hujumchisi Jovanni Simeone faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 25 yoshli argentinalik futbolchini “Vest Xem” o‘z safiga chorlamoqda. Ammo “bolg‘achilar”ning bu boradagi dastlabki taklifi rad etildi. Gap shundaki, “Vest Xem” Simeoneni 1 mln evro evaziga mavsum oxirigacha ijaraga olishni taklif qilgan.

Jovanni Simeone joriy mavsum “Kalyari” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi esa 17 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!