Shomurodovning goli "Jenoa"ga qimmatga tushishi mumkin

  • 17 may, 2021, 22:26
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 38-turi doirasida Eldor Shomurodov to‘p tepadigan "Jenoa" safarda "Kalyari" bilan bahs olib boradi. Mazkur bellashuvda hamyurtimiz raqib darvozasini ishg‘ol qilsa yoki golli uzatmani amalga oshirsa, "Jenoa" "Rostov"ga 500 ming evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Gap shundaki, Shomurodovning shartnomasida futbolchi mavsum davomida "gol+pas" tizimida 10 ochko jamg‘arsa, uning sobiq klubi - "Rostov" qo‘shimcha 0,5 mln evro mablag‘ga ega bo‘lishi qayd etilgan. Bu haqda taniqli jurnalist Nobel Arustamyan o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar tarqatdi.

 
 
 
 
 
View this post on Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Nobel Arustamyan (@nobel_arustamyan)

Ayni vaqtga kelib, Shomurodov hisobida "Jenoa" tarkibida kiritgan 7 gol va 2 golli uzatma mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
18/05/2021 00:02
СЎНГИ БАҲСДА ЖЕНОАГА ҒАЛАБА КЕРАК БЎЛСА БАЛЛАРДЕНИ ЭЛДОРНИ ТУШИРАДИ, ЭЛДОР УЧУН ЖНОА РАСТОВГА ҚЎШИМЧА 1МИЛЛОН ЕВРО ТЎЛАСА ҲАМ АРЗИЙДИ, ЭЛДОРНИ ҚИММАТРОҚҚА СОТИБ ҲАРАЖАТЛАРИНИ ЧИҚАРИБ ОЛАДИ ҲАЛИ.