Shomurodov: "Yo‘llanma uchun imkoniyatimiz yaxshi"

  • 12 noyabr, 2024, 19:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi  "JCh-2026" saralashining uchinchi bosqichi doirasida Qatar va KXDRga qarshi bahs olib boradi.

Jamoaviy mashg‘ulotlarga bugun qo‘shilgan Eldor Shomurodov Qatarga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Kecha safga kelib qo‘shildim. Bugundan mashg‘ulotlarni boshlayman. Har doim aytib o‘tganimdek, asosiy vazifamiz Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Imkoniyatimiz yaxshi. Qatar bilan bahsdagi g‘alaba vaziyatni yanada yaxshilaydi. Raqibimiz bizdan keyingi pog‘onani egallab kelmoqda. Mazkur o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritish juda muhim, - dedi terma jamoa sardori.

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!