Shomurodov va Peres o‘rniga “Roma” ikkita zo‘r hujumchi olyapti!

  • 14 may, 2022, 19:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino kelasi mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashni maqsad qilgan. Portugaliyalik mutaxassis buni yaqinda jurnalistlarga e’lon qildi. Shu bilan birga u tarkibni jiddiy kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Yangilanishlar barcha chiziqlarda ro‘y beradi.

Tecno

Agar “Roma” mavsumni Konferentsiyalar ligasi bosh sovrini bilan yakunlaydigan bo‘lsa, klub rahbariyati Mourinoning har qanday istagini bajaradi. Tabiiyki, Joze katta transferlarni so‘raydi.

Hozirdan Mourino kutayotgan o‘yinchilarning nomi  rimliklarning kelasi mavsum hujum chizig‘i qanday bo‘lishini ko‘z oldimizga keltirish uchun etarli bo‘lmoqda.

Kuni kecha, rimliklar “Yuventus”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Paulo Dibalaga qiziqayotgani haqida xabar bergandik. Manbalarning ma’lum qilishicha, Joze Mourino “Olimpiko”da “Yuventus”ga boy berilgan uchrashuvdan keyin argentinalik hujumchining oldiga kelib, uni maqtagan va unga ustozlik qilmoqchi ekanini ochiq aytgan.

rue5620c0458c

Mourino Dibalani Temmi Abraxamning hujumdagi sherigiga aylantirmoqchi. Chunki hozir angliyalik to‘purar bilan elkama-elka o‘ynayotgan Nikolo Dzanola yozda klubni tark etishga yaqin. 22 yoshli italiyalik hujumchiga xaridorlar orasida “Yuventus”ning imkoniyati yuqori baholamoqda. Shuningdek, “Milan” ham Nikologa o‘z safidan joy berishga tayyor.

Dibalaning Rimga kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan yagona holat bu jamoaning kelasi mavsum Chempionlar ligasida qatnashmasligidir. Lekin Mourino o‘z tajribasini ishga solib argentinalik hujumchini “Roma”ga o‘tishga ko‘ndirishi va keyingi yildan jamoa muntazam kuchli to‘rtlikka kirishiga ishontirishi mumkin.

Dibala kelgan taqdirda ham, yuqori maqsadlarni ko‘zlagan klubga ikkita jahon darajasidagi yulduz etmaydi. Hozir zaxirada o‘tirgan oldingi chiziq vakillariga kelajakda ishonch bildirilishi dargumon.

Sport direktori Tyagu Pinto shuni inobatga olib, Joze Mourino istagan boshqa hujumchilar bilan aloqa o‘rnatdi. Endigi maqsad ularning transferini rasmiylashtirish. Oldinga o‘tib aytish joizki, Pinto buni yaxshi uddalayapti.

Yozda “Roma”ga ko‘chib o‘tishga ko‘ngan birinchi hujumchi “Budyo-Glimt” vakili Ole Solbakken bo‘ldi. 23 yoshli futbolchi Konferentsiyalar ligasi doirasida rimliklarga qarshi o‘tgan uchrashuvlarda Ruy Patrisio darvozasini ishg‘ol qilib, Joze Mourino e’tiborini qozongan.

6l2EjCq

IL Romanista nashrining xabar berishicha, Tyagu Pinto norvegiyalik to‘purar bilan kelshuvga erishib bo‘ldi. Rimlikarga ma’qul kelgan tomoni shundaki, iste’dodli o‘yinchi kamtarroq maoshga ham rozi bo‘lgan. Solbakken bir yillik xizmati uchun atigi 700 ming evro oladigan bo‘ldi. Albatta, ayni paytda o‘z klubida yiliga 160 ming evro olayotgan futbolchi uchun rimliklarning taklifi juda katta ko‘ringan bo‘lishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, bu transfer amalga oshishi uchun “Roma” mutasaddilari ashaddiy raqibga aylanib qolgan “Budyo-Glimt” xo‘jayinlarini o‘yinchini sotishga ko‘ndirishi kerak.

Solbakkenning amaldagi shartnomasi shu yil dekabr oyida yakuniga etadi. Ole mavsumda 19 ta uchrashuvda sakkizta gol va beshta assistni amalga oshirdi. O‘ng qanot hujumkor futbolchisi hisoblangan Solbakken Karles Peresning o‘rnini egallaydi.

“Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Peresga Ispaniya va Germaniya jamoalaridan takliflar bo‘lyapti.

Italiya futbolini yoritib kelayotgan footballnews24.it nashrining yozishicha, Eldor Shomurodov o‘rnida rimliklar ancha taniqli futbolchini o‘ynatmoqchi. Chunki “Roma” Mutasaddilari o‘zbek legionerining o‘yinidan qoniqmayapti va kerak paytda Abraxam bilan yonma-yon o‘ynay oladigan yoki zarur paytni angliyalik hujumchining o‘rnini bosa oladigan to‘purarga ega bo‘lmoqchi.

Bu pozitsiyaga asosiy nishon sifatida Luis  Muriel qayd etilgan. 31 yoshli kolumbiyalik futbolchi “Atalanta” o‘yinchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi. Tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelisha olmadi va bergamoliklar hujumchini yozda sotib yuborishi kutilmoqda.

“Roma” bu transferni amalga oshirish uchun “Atalanta”ga 20 million evro miqdorida kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi. Amaldagi shartnoma yakunlanishiga bir yil qolganini inobatga olib, Tyagu Pinto muzokaralarda bu narxni tushirishga harakat qiladi.

15cdb82d2da3e419aadb5b79543c2b25604f32dd9453e616517566

Mavsumda 38 ta uchrashuvda 14 ta gol va 10 ta assist muallifi bo‘lgan Murielga Ispaniya chempionati vakili “Vilyarreal” ham og‘iz solmoqda.

“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!