
Shomurodov super gol urgan o‘yinda "Jenoa" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video)
Italiya A Seriyasining 32-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan “Jenoa” o‘z maydonida “Spetsiya”ni qabul qildi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni genuyaliklar safida Shomurodov o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi, ammo ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilgan Eldor nihoyat gol urdi va uzoq muddatli golsiz seriyasiga barham berdi.
“Jenoa”ning yana bir goliga Janluka Skamakka (62') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar