Shomurodov Portugaliyaga yo‘l oladi!

  • 30 iyul, 2021, 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovning “Roma”ga transferi bo‘yicha vaziyat tobora oydinlashib bormoqda.

Tecno

Xorij ommaviy axborot vositalari “Jenoa” va “Roma” o‘zbek hujumchisining transferi bo‘yicha barcha detallarni hal qilib bo‘lgani haqida bong urayotgan bo‘lsa-da, hali bu transfer rasman e’lon qilingani yo‘q.

Italiya futbolini yorituvchi www.calciomercato.com  saytining yozishicha, Eldor Shomurodov dushanba kuni Rim shahriga kelishi kutilmoqda. Shu kuni hamyurtimiz o‘zining yangi klubi bilan shartnomaga imzo chekadi va ushbu transfer rasman e’lon qilinadi.

188826507_4594841467193404_711851609180389899_n_1

Ma’lumotlarga qaraganda, Eldor Shomurodov rasmiy shartnoma imzolash marosimidan keyin Portugaliyaga yo‘l olishi rejalashtirilgan. Joze Mourino jamoani yangi mavsumda o‘z yurtida tayyorlashni ma’qul topdi va kuni kecha “bo‘rilar” o‘rtoqlik uchrashuvida “Portu” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Agar favqulodda o‘zgarish ro‘y bermasa, Eldor Shomurodov “Roma” safiga Portugaliyada qo‘shiladi va mavsumga tayyorgarlikni o‘sha erda davom ettiradi.

Ayni paytda Italiya futboli ekspertlari o‘zbek hujumchisining kelishi bilan “Roma” o‘yin uslubida qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligi haqida tahlil va taxminlarini ilgari surmoqda.

Italiyaning www.gazzetta.it sayti eksperti Kyara Dzukkellining yozishicha, Shomurodovning qo‘shilishi “bo‘rilar” hujumini o‘zgarishiga olib keladi. Uning tahliliga binoan Eldor Shomurodov asosiy tarkibga kirish uchush bosniyalik Edin Jeko, ispaniyaliklar – Borxa Mayoral, Karles  va o‘z vaqtida Italiya terma jamoasida porlagan Stefan El-Shaaravi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, tarkibda jahon va Evropa chempioni Pedro Rodriges borligini ham unutmaslik kerak.

Mutaxassisning fikricha, Joze Mourino oldingi chiziqda Edin Jeko va Borxa Mayoral bilan birga Eldorning xizmatidan ham foydalanishi kutilmoqda. Bu ko‘p jihatdan portugaliyalik murabbiyning qaysi taktik sxemani qo‘llashiga bog‘liq.

18597042_0_36_1917_1114_1920x0_80_0_0_7c89eaf106c4f69f4531bbd3decf87a3

Agar Mourino 4-4-2 sxemasidan foydalansa, ko‘proq yoshi o‘tib qolgan Jekoga dam berib, maydonda Shomurodov-Mayoral tandemini o‘ynatadi.

Yana bir variant bor. Agar “Roma” 4-2-3-1 sxemasini qo‘llasa, Shomurodov armanistonlik Genrix Mxitaryan o‘rniga hujumkor futbolchi vazifasini bajarishi mumkin ekan. Bu vaziyatda Joze Mourino jismonan kuchliroq futbolchilarga tayanishi asos qilib keltirilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlanishicha, ko‘p narsa jamoa hujumchilarining mavssumoldi yig‘inida va yozgi transferlar oynasi yopilguncha bo‘ladigan davrda o‘zini qay tomondan ko‘rsata olishigi bog‘liq. Chunki Joze Mourino o‘ziga ma’qul kelmay qoladigan futbolchilar bilan osonlikcha xayrlashishga tayyorligi aytilmoqda.

90032ad94046b9299d3d25ec1e68baca_1

Nima bo‘lgan taqdirda ham Eldor Shomurodov yangi jamoasida yangi imkoniyatga ega bo‘lishi aniq. Har holda yangi mavsum hujumchimiz uchun muhim palla hisoblanadi. U debyut mavsumdagi muvaffaqiyatlar tasodif emasligini yana bir karra isbotlab qo‘yishi va har qanday kuchli jamoada ham o‘z o‘rnini topa olishini ko‘rsatishi shart.

Shomurodovning “Roma”dagi maoshi aniq bo‘ldi!

Eldor Shomurodov “Real” yoki “Barsa”da o‘ynashiga ishonaman!

Shomurodov gollar hisobini ochdi!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
77 77
31/07/2021 10:49
Омад шома
&
Турсун Ғани
30/07/2021 22:39
Элдор агар Маур унга имкон берса Ромада албатта ўз ўрнини топади. Келажакда Рома ҳам уни қимматроққа сотишига ишонаман. Бу мавсум ажойиб ўйинларини, голларини кутиб қоламиз.