Shomurodov maydonga bir o‘zi tushsa, uni albatta to‘xtata olamiz, lekin...

  • 10 sentabr, 2024, 18:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Husanov atrofida katta o‘zgarishlar bo‘ldi!Otabek Shukurovning ketishi foyda keltirdi!Dunyoning turli mintaqalarida 2026 yili AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatining saralash musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.

Tecno

Osiyoning eng kuchli terma jamoalari saralash musobaqasining hal qiluvchi uchinchi bosqichida o‘zaro raqobatga kirishgan.

O‘zbekiston terma jamoasi bu bosqichda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Eron va Qirg‘iz Respublikasi futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Uchinchi bosqichda o‘z guruhlarida dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Keyin ikki o‘rin sohiblari saralash bahslarini davom ettiradi.

Guruhdagi birinchi tur uchrashuvlari bironta oson yoki zaif raqib yo‘qligini ko‘rsatdi. Terma jamoalar maydonda jon-jahdi bilan kurashmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z maydonida KXDR vakillarini kichik hisobda engib, dastlabki uch ochkoga ega chiqdi. Endi Srechko Katanets shogirdlari 10 sentyabr kuni birinchi turda Eronni safarda ancha qiynagan qirg‘iz futbolchilari mehmoni bo‘ladi.

Qirg‘iziston milliy terma jamoasi sardori Valeriy Kichin bo‘lajak o‘yin oldidan jurnalistlar savollariga javob berib, bo‘lajak to‘qnashuvga oid fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Jamoaning ishtiyoqi qanday?

- Bizda ishtiyoq har doim bir xil – jangovar bo‘ladi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Ishchan rejimda tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

- Eron bilan uchrashuvdan keyin qay darajada tiklanib ulgurdinglar?

- Har bir sportchi uchun jismoniy holatini tiklab olish uchun ko‘proq vaqt berilishi muhim hisoblanadi. Lekin hozir bori shu. Qanchalik tiklanib olganimizni endi o‘yin ko‘rsatadi.

Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Hali vaqt bor va biz o‘yinda bizga qo‘l keladigan hamma narsadan foydalanimiz.

- O‘zbekiston terma jamoasi safida “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov maydonga tushadi. Unga qarshi o‘ynashga qanday tayyorgarlik ko‘rildi?

- Agar maydonga birgina Shomurodovning o‘zi tushsa, uni to‘xtatishga tayyormiz. Lekin maydonda bir kishi emas, 11 nafar nafar futbolchi bo‘ladi. Biz bir kishiga emas, butun jamoaga qarshilik ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Ushbu guruhdagi qolgan bellashuvlarda birinchi o‘yinni boy bergan ikki jamoa – KXDR va Qatar o‘zaro kuch sinashadi. Yana bir bahsda musobaqani g‘alaba bilan boshlagan Birlashgan Arab Amirliklari va Eron o‘zaro to‘qnash keladi va bu uchrashuvda yo jamoalarning biri, yoki har ikkisi ochko yo‘qotadi.

 

Otabek Shukurovning ketishi foyda keltirdi!

Bosh murabbiy legionerimizni tanqid qildi!

Husanov atrofida katta o‘zgarishlar bo‘ldi!Shomurodov “DiSu”ga qarshi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
10/09/2024 08:15
Узбекистонга омад
Исмаилов Бахтияр
10/09/2024 07:58
Манимча, ўйиннинг тақдири 50 фойиз тренерга боғлиқ бўлиб турибди.
1-мотивация бериш.
2- составни ва заменаларини тўғри аниқлаш
Команданинг потенциалини рўёбга чиқарса олам гулистон!
Raufxon Yoldoshxojayev
10/09/2024 07:21
Xudo xoxlasa yutamiz olgʻa Eldor Plgʻa Oʻzbekistonim