Shomurodov maqsadiga etadimi?

  • 21 aprel, 2021, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya A Seriyasining 32-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. “Jenoa” o‘z maydonida liga debyutanti “Benevento”ni qabul qiladi.

Tecno

“Jenoa” Italiyaning eng qadimgi jamoasi ekanini va o‘z davrida to‘qqiz karra chempion bo‘lgani va bir marta mamlakat kubogini olganini bilamiz. Genuyaliklar keyingi yillarda yo autsayder, yo o‘rtamiyona klub sifatida to‘p tepishga ko‘nikib qolgan. “Jenoa”ning har mavsum o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadi ham deyarli bir xil – A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolish.

Mavsum boshida quyi pog‘onalarda yurgan genuyaliklar o‘tgan yil oxirida Davide Ballardini bosh murabbiylikka taklif etilganidan keyin musobaqa jadvalidagi mavqeini ancha ko‘tarib oldi.

Lekin keyingi paytda jamoa yaxshi o‘ynayotganiga qaramay, juda ko‘p ochko yo‘qotmoqda. Ballardini shogirdlari oxirgi o‘nta uchrashuvda faqat bir marta g‘alaba qozondi va beshta durang va to‘rtta mag‘lubiyat qayd etdi. Garchi jamoa musobaqa jadvalida bir pog‘ona pastlab, 14-o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa-da, ko‘p ochko yo‘qotishi oqibatida jadvalning  quyi  qismidagi raqobatchilarning aksariyati ochkolar orasidagi farqni qisqartirib, genuyaliklarga yaqinlashib oldi.

155809298_4350141568330063_2874769009010861647_o

Bugungi “Benevento” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvning ahamiyati shundaki, agar unda Filippo Indzagi shogirdlari g‘alaba qozonsa, ular genuyaliklardan o‘zib ketadi va “Jenoa” yana xavfli hududga yaqinlashib qoladi. Chunki, “Benevento” “Jenoa”dan uch pog‘ona pastda – 17-o‘rinda turganiga qaramay, jamoalarni ikki ochko ajratib turibdi xolos.

“Benevento” ham Italiyaning eski jamoalaridan. Yana sakkiz yildan keyin 100 yillik yubileyini nishonlaydi. Lekin bu klub A Seriya ishtirokchilari orasida eng tajribasizi ekaniga e’tibor qaratish kerak. Beneventoliklar mamlakat chempionatining yuqori ligasida ilk bor 2017-2018 yilgi mavsumda qatnashib, o‘rtada yana quyi ligaga tushib ketdi.

Joriy chempionatda yana A Seriyada qatnashish imkoniga ega bo‘lgan jamoaning asosiy maqsadi genuyaliklarniki bilan mushtarak – ular ham ligadagi o‘rnini saqlab qolmoqchi.

“Jenoa” va “Benevento”ning o‘zaro o‘yinlari statistikasida ustunlik bugungi mehmonlar tomonida. Jamoalar atigi uch marta o‘zaro to‘qnashgan, bir marta “Jenoa”, ikki marotaba “Benevento” g‘alabani tantana qilgan. Joriy mavsumning birinchi davrasida beneventoliklar o‘z uyida Ballardini  shogirdlarini  2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Aynan mana shu bahsdan keyin “Jenoa”ning avvalgi bosh murabbiyi Rolando Maran ishdan olinib, o‘rniga Ballardini chaqirtirilgan.  

“Benevento” o‘zidan kuchli jamoalar bilan zo‘r o‘ynaydi. Bu jamoa joriy chempionatda amaldagi chempion “Yuventus”dan to‘rt ochko oldi – o‘z uyida durang o‘ynab, Turinda Krishtianu Ronalduni tiz cho‘ktirdi. Umumiy hisobda ettita o‘yinda zafar quchgan bo‘lsa,  “Sampdoriya”,  “Fiorentina”, “Udineze”, “Kalyari”, “Yuventus”ni safarda, “Bolonya” va “Jenoa”ni o‘z maydonida er tishlatdi. Ko‘rinib turibdiki, Filippo Indzagi shogirdlari raqib arenasida o‘zini begona his qilmaydi va ortiqcha bosimsiz, kuchliroq o‘yin namoyish qiladi.

“Jenoa” ham 31 ta uchrashuvdan ettitasida g‘alabaga erishgan. Eldor Shomurodov jamoasi nisbatan kamtar jamoalar “Krotone”, “Spetsiya”, “Bolonya”, “Kalyari”, “Parma” va kuchlilardan faqat “Napoli”ni mag‘lub etdi. Etti g‘alabadan oltitasi Davide Ballardini bosh murabbiyligida qo‘lga kiritildi.

160213833_4384411234903096_6891468591745235700_o

Endi biz uchun muhim jihat. Eldor Shomurodov keyingi paytda boshlang‘ich tarkibdagi joyini boy berib qo‘ymoqda. Ballardini jamoa hujumchilari orasida ko‘proq Mattia Destro, Goran Pandev, Marko Pyatsa va oxirgi o‘yinlarda ham raqib, ham o‘z darvozasiga gol urayotgan Janluka Skamakkaga ishonch bildirib, asosan ularni ilk daqiqalardan o‘ynatmoqda. Shomurodov esa, ko‘pincha zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, bir necha daqiqa to‘p tepyapti xolos. Albatta, bu raqobat natijasi. Hujumchi gol urmas ekan, o‘rnini nishonni aniq urayotganlarga bo‘shatib berishga majbur.

Odatdagidek, bugun ham Shomurodov maydonda ko‘rinish berishiga ishonamiz. Balki boshlang‘ich tarkibda tushar. “Benevento” liganing eng ko‘p gol o‘tkazadigan jamoalaridan ekanini va himoya chizig‘i u qadar mustahkam emasligini inobatga olib, Eldor sakkiz uchrashuvdan beri davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berishini kutib qolamiz.

Zero, Shomurodov Italiyaga ko‘proq gol urib, kuchli klublar e’tiborini qozonish va  ular safiga qo‘shilish maqsadida yo‘l olgan, zaxirada o‘tirish uchun emas.

160217044_4384410511569835_3595636089533338654_o

“Jenoa” – “Benevento” bahsi Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.  

Shomurodov Italiyaga borganidan keyin o‘zbek futbolchini “reklama” qildi!

Murabbiy yaxshi ko‘rgan shogirdi Shomurodovni Angliyaga chaqiradimi?

Hakam o‘zbekistonlik legioner burnini sindirib, uni nokaut qilganini aytdi!

“Yuve” nishonidagi Shomurodov raqobatga dosh berolmayapti!

Shomurodovga qarshi o‘ynagan Ronaldu futbolkasini nega otib yubordi?

Ronaldu Eldorni kutmoqda. “Yuventus” Shomurodov nomzodiga qaytdi

Shomurodov o‘ynayotgan chempionatda qo‘zg‘olon: “Yuventus”, “Inter” va “Milan” A Seriyani tark etsin!

O‘zbek millatiga mansub futbolchi Shomurodov ortidan Italiyaga o‘tishga yaqin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Doniyor Kuldoshov
21/04/2021 16:46
Элдор!

Футбол кўришимга умид бағишла.