
Shomurodov jamoasiga qarshi o‘yin oldidan yulduz hujumchi maoshidan voz kechdi
“Milan” hujumchisi Mario Manjukich jarohat tufayli jamoasiga yordam berolmagani uchun mart oyining maoshidan voz kechdi. Bu haqda klub prezidenti Paolo Skaroni xabar qildi.
Klub rahbariyat futbolchiga berilishi kerak bo‘lgan 300 ming evroni xayriya ishlariga sarflaydigan bo‘ldi.
- Ajoyib ish. Bu Marioning tarbiyasi va professionalligi va “Milan”ga bo‘lgan hurmatidan dalolat beradi. Shu tariqa, klub iqtisodiy beqaror vaziyatda ham xayriya fondlariga yordam berish imkoniyatini hosil qiladi, – dedi Skaroni.
34 yoshli hujumchi joriy yilning fevralida Evropa ligasi doirasida “Tsrvena Zvezda”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuvdan keyin maydonga tushgani yo‘q. Ma’lumotlarga qaraganda, Manjukich jarohatidan qutilgan va 18 aprel kuni “Jenoa” bilan Milan shahrida bo‘ladigan bahsda ishtirok etishga tayyor.
Fikrlar