Shomurodov Italiyaga borganidan keyin o‘zbek futbolchini “reklama” qildi!

  • 22 aprel, 2021, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri premer-ligada mahorat ko‘rsatgan futbolchilarning Italiya chempionatiga yo‘l olishidir. “Lokomotiv” etakchisi Aleksey Miranchuk “Atalanta”ga, “Rostov” to‘purari Eldor Shomurodov “Jenoa”ga, “Spartak” hujumchisi Aleksandr Kokorin “Fiorentina”ga o‘tib ketganidan keyin navbat TsSKA vakili Baxtiyor Zaynutdinovga kelgani aytilmoqda.

Tecno

Baxtiyorga MDH hududidan chiqqan futbolchilarni o‘zida jamlayotgan “Atalanta” xaridor bo‘layotgani ancha shov-shuv bo‘ldi. Biroq, qozog‘istonlik futbolchining kutilmaganda jarohat olib, safdan chiqishi jarayonni biroz sekinlashtirdi.

Ta’kidlash joizki, Baxtiyor ham Eldor singari futbol jamoatchiligiga “Rostov”dagi o‘yinlari bilan tanildi va keyinchalik TsSKAga transfer qilindi. Shomurodov bilan bir paytda “Rostov”da to‘p tepgan bu futbolchi Qozog‘istondagi etnik o‘zbeklardan. Futbolchining otasi Botirjon Zaynutdinov rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatda ajdodlari Namangandan Qozog‘istonga kelganini ma’lum qilgan.

photo_154009

Taniqli sport yuristi, SILA International Lawyers kompaniyasi hamkori Mixail Prokopets “Atalanta” nishonida turgan Baxtiyor Zaynutdinov haqida unga Eldor Shomurodov ma’lumot berganini ma’lum qildi.

- Men Zaynutdinovni “Rostov”dan TsSKA transferini hal qilganman, deb aytolmayman. Biz o‘yinchining bir jamoadan boshqasiga ko‘chib o‘tishiga xizmat ko‘rsatganmiz, xolos. Baxtiyorning zo‘r agentlari bor, biz esa transferni yuridik tomoni bilan shug‘ullanganmiz.

Baxtiyor bilan tanishganimizda, u bizda yaxshi taassurot qoldirdi. Aslida men Eldor Shomurodov “Jenoa”ga o‘tganida, undan Zaynutdinov haqida ko‘proq qimmatli ma’lumotlarni eshitganman.  O‘shanda men Eldor bilan Moskvaga ketayotgan edim, “Rostov” shu kuni  chempionatda o‘yin o‘tkazgan va Baxtiyor gol urgandi.

Albatta, Zaynutdinov bilan qalin do‘stmiz, deya olmayman. Lekin menda yaxshi taassurot qoldirgani rost. Yaqinda Aleksey Miranchuk bilan Bergamoda uchrashdik. U ham Baxtyor “Atalanta”ga kelsa, zo‘r bo‘lardi, degan fikrni bildirdi. Baxtiyorga tezroq jarohatidan qutilib, avvalgi saviyasiga qaytishini tilayman, chunki u o‘z pozitsiyasida Rossiya premer-ligasining eng zo‘r o‘yinchilaridan, - dedi Mixail Prokopets.

kto-takoj-baktijor-zajnutdinov-monolog-otca_16039037611865800849

Ma’lumki, “Atalanta” yozda boshqa klublardan biriga o‘tib ketishga yaqin turgan chap qanot himoyachisi Robin Gosensning o‘rnini bosadigan futbolchi qidirmoqda. Baxtiyor Zaynutdinovning maydondagi pozitsiyasi Gosensniki bilan bir xil va o‘yin uslubi  ham o‘xshashligi uchun bergamoliklar unga jiddiy qiziqayotgani aytilmoqda. Buni futbolchining agenti Evgeniy Novikov ham tasdiqladi.

- Baxtiyor “Atalanta” qiziqayotgan futbolchilarning qisqartirilgan ro‘yxatiga kirgani haqidagi xabarlar rost. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, transfer amalga oshadi. Muhimi, italiyaliklar TsSKAga rasmiy taklif yuborishi kerak, - dedi Novikov.

Eldor Shomurodov bilan do‘stona aloqalarga ega Baxtiyor Zaynutdinov transfer summasi 3,5 million evroga baholanmoqda. “Atalanta”da esa, bugungi kunda sobiq Ittifoq hududidan chiqqan bir necha futbolchi – rossiyalik Aleksey Miranchuk, ukrainalik Ruslan Malinovskiy va Viktor Kovalenko to‘p tepmoqda.

Murabbiy yaxshi ko‘rgan shogirdi Shomurodovni Angliyaga chaqiradimi?

Hakam o‘zbekistonlik legioner burnini sindirib, uni nokaut qilganini aytdi!

“Yuve” nishonidagi Shomurodov raqobatga dosh berolmayapti!

Shomurodovga qarshi o‘ynagan Ronaldu futbolkasini nega otib yubordi?

Ronaldu Eldorni kutmoqda. “Yuventus” Shomurodov nomzodiga qaytdi

Shomurodov o‘ynayotgan chempionatda qo‘zg‘olon: “Yuventus”, “Inter” va “Milan” A Seriyani tark etsin!

O‘zbek millatiga mansub futbolchi Shomurodov ortidan Italiyaga o‘tishga yaqin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!