
Shomurodov gol urgan o‘yinda "Jenoa"ning noxush seriyasi barham topdi
Italiya A Seriyasining 33-turida Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi "Spetsiya"ni mehmon qildi. "Luiji Ferraris" stadionida kechgan bahsda genuyaliklar turnir jadvalida parallel ketayotgan raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu uchrashuvdagi gollarga Janluka Skamakka va Eldor Shomurodov mualliflik qilganidan xabardorsiz.
E’tiborlisi, ushbu g‘alaba orqali "griffonlar" 4 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. So‘nggi paytlarda A Seriya uchrashuvlari Davide Ballardini uchun omadsiz kechmoqda. Jamoa "Spetsiya"gacha bo‘lgan so‘nggi 11 bellashuvning 1 tasidagina g‘alabani tantana qilgandi.
Fikrlar