Shomurodov faoliyatini qaerda davom ettirishi oydinlashdi!

  • 19 avgust, 2022, 20:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar mavsumining oxiriga kelib, “Roma” hujum chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda va bu vaziyat Eldor Shomurodovning kelasi faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlash lozim.

Tecno

Joze Mourino yangi mavsumda o‘zbekistonlik legionerga ishonch bildirmasligi mumkinligi e’lon qilinganidan keyin Italiya, Germaniya, Turkiya, Angliya va Saudif Arabistonidan bir necha klub Eldorga og‘iz sola boshladi.

2-1632131803-Diyora-post-material

Bu jamoalarning birortasi “Roma” bilan o‘zbek hujumchisi transferi borasida kelisha olmadi. Ayrim variantlar futbolchimizning o‘zini qoniqtirgani yo‘q.

Oxirigacha kurashayotgan “Bolonya” ham rimliklarni ko‘ndirishga qiynalmoqda va bosh murabbiy Sinisha Mixaylovich asosiy hujumchi Marko Arnautovichga sherik sifatida Eldor Shomurodovni tanlagan bo‘lsa-da, klub sport direktori Jovanni Sartori boshqa nomzodlarga ham e’tibor qarata boshladi.

Qolaversa, shu kunlarda “Roma”ning boshqa hujumchilari jamoani tark etishi deyarli hal bo‘lib ulgurgani Eldor Shomurodovga Rimda qolish uchun yangi imkoniyat berdi.

Mourino o‘ynatishni istamagan Jastin Klyuyvert o‘ziga yangi ish joyi sifatida “Fulxem”ni tanladi. Angliyaliklar niderlandiyalik hujumkor futbolchini bir yil muddatga ijaraga olib, kelasi yozda 12 million evro evaziga sotib olish va qo‘shimchasiga turli bonuslar to‘lashga rozilik bergan.

Demak, 2020 yildan beri biror marta “Roma” safida maydonga tushmagan va avvalgi iki mavsumni Germaniya va Frantsiya chempionatlarida o‘tkazgan Klyuyvert Angliyaga ketishi bilan Mourino kutayotgan o‘yinchi – Andrea Belottining transferiga yo‘l ochiladi. Italiyalik hujumchi Rimga kelish ilinjida o‘ziga turli mamlakatlar ligalaridan bo‘layotgan takliflarga ijobiy javob bermay turibdi.

“Roma”dan ketishga hozirlanayotgan oldingi  chiziqning yana bir vakili – Feliks Afena-Gyandir. Ganalik 19 yoshli hujumchi “Kremoneze”, “Montsa” va “Salernitana” bilan muzokara olib borayotgan edi. Hozirgacha mutaxassislar tomonidan “Kremoneze”ning imkoniyatlari yuqori baholanayotgandi.

Afena-Gyan uchun kurashga “Kalyari” qo‘shilgani vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. A Seriyaga qaytishni o‘z oldiga maqsad qilgan “Kalyari” vakillari ganalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun rimliklarning barcha talablarini bajarishga rozi.

Joze Mourino kashf qilgan futbolchining rimliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha uzaytirgan bo‘lsa-da, klub mutasaddilari bir necha jamoalar nishonida turgan o‘yinchini sotib yuborishga qarshi emas. Feliks ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va professional faoliyatining boshlang‘ich qismida zaxirada qolib ketmaslik uchun o‘ziga ko‘proq imkoniyat beradigan klublarga o‘tishni istamoqda.

Italiyaning bir necha nashrlari, xususan, https://footballnews24.it hamda https://www.pagineromaniste.com saytlari ekspertlari Feliks Afena-Gyan va Jastin Klyuyvert ketganidan keyin “Roma” rahbariyati Eldor Shomurodov bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirib, uni jamoada qoldirishini ta’kidlamoqda.

Qolaversa, Shomurodovga xaridor bo‘layotgan “Bolonya”ning boshqa hujumchi qidira boshlagani ham bu taxminlarni tasdiqlamoqda. Bolonyaliklar Eldorning o‘rniga Turkiyada yurgan italiyalik hujumchi Fabio Borini yoki “Jenoa”dan o‘ynab, keyinchalik “Groningen”ga ko‘chib o‘tgan Yorgen Strand-Larsenni olib kelish harakatlarini boshlab yuborgan.

Demak, Shomurodovning bozori sovub borayotgani uni “Roma”da qolishidan dalolat bermoqda. Shunday bo‘lgan taqdirda ham, hujumchimiz katta ehtimol bilan zaxira o‘yinchisi bo‘lib qoladi.

5e50348e005415860deab7678b7b369b

Chunki tarkibda Paulo Dibala, Nikolo Dzanolo, Temmi Abraxamdek hujumchilari bor va Andrea Belottini olayotgan jamoa murabbiylar shtabi zaxirada asosan Eldor Shomurodov hamda Stefan El-Shaaravini olib qolishi haqiqatga yaqinroq.

Shomurodovni olishga so‘nggi urinish!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!