
Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov faoliyat olib borayotgan vaznda mutlaq jahon chempionlik uchun jang bahsli qaror bilan yakunlandi (video)
Professional boksning super engil vazn toifasida (63.5 kg) WBA, WBO, WBC, IBF va The Ring kamarlari egasi Josh Teylor (19-0, 13KO) WBO yo‘nalishida majburiy da’vogar hisoblangan vatandoshi Jek Ketteralga (26-1, 13 KO) qarshi himoya jangini o‘tkazdi. Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvning 8-raundida Teylor nokdaun holatiga tushdi, ammo to‘liq 12 raund davom etgan bahsda Teylor 112-113, 114-111, 113-112 hisobida g‘alaba qozondi. Jang natijasi ko‘plab muxlislar va mutaxassislar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Jangdan keyingi intervyuda Teylor bu vaznda boshqa jang qilmasligini va vazn ko‘tarishini aytib o‘tdi. Demak yaqin orada barcha chempionlik kamarlari vakant qoladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev aynan mana shu vaznda faoliyat olib bormoqda. Ammo ular hali da’vogarlik maqomini qo‘lga kiritmaganligi uchun chempionlik jangida ishtirok etish imkoniyati past.
Fikrlar