Shayxlarning katta transferi barbod bo‘lish arafasida

  • 10 iyun, 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Professional ligasining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Al-Hilol” kelasi mavsum oldidan o‘z tarkibini “Milan” himoyachisi Teo Ernandes bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum bo‘lishicha, Frantsiya terma jamoasi himoyachisi so‘nggi palladan Evropadan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lmagan.

O‘tkazilgan muzokaralarda shayxlar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelisha olmagan va Ernandes bu transferga ko‘nmagan.

Aslida “Al-Hilol” mutasaddilari tajribali futbolchi transferi bo‘yicha “Milan” bilan kelishuvga erishgan edi. Unga ko‘ra, arablar shartnomasi bir yil qolgan Ernandes uchun milanliklarga 30 million evro miqdorida badal puli va yana besh million evro bonus to‘laydigan bo‘lgan.

Ernandes yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 49 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari o‘z hisobiga beshta gol va oltita assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!