Shaxmat bo‘yicha jahon kubogi finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi

  • 22 avgust, 2023, 00:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Yarim final bosqichida Norvegiya vakili Magnus Karlsen mezbon shaxmatchi Nijat Abasovni 1.5-0.5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, hindistonlik yosh iste’dod - Rameshbabu Praggnanandha AQShlik Fabiano Karuanadan qo‘shimcha o‘yinlar natijasiga ko‘ra, 3.5-2.5 hisobida ustun keldi.

Endilikda, Kalsen va Praggnanandha musobaqa g‘olibligi uchun kurashsa, 3-o‘rin uchun bahslarda Fabiano Karuana va Nijat Abasov o‘zaro kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!