
Shahboz Umarov BATEdagi debyuti haqida nimalar dedi?
BATE yarim himoyachisi Shahboz Umarov "Isloch" jamoasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng klub rasmiy saytiga intervyu berdi.
"Birinchi o‘yinda murabbiyga gol yoki golli uzatma bilan o‘zimni ko‘rsatishni istagan edim va bu amalga oshdi. Bugun o‘ynagan chap qanot menga eng ma’qulidir. Chunki, bolalikdan ushbu pozitsiyada harakat qilaman. "Energetik-BGU" safida esa, o‘ng qanotda to‘p tepgan edim. Murabbiy qaerga qo‘ysa, o‘sha erda o‘ynash kerak", - dedi Umarov.
Ilgariroq, BATE bosh murabbiyi Aleksandr Lisovskiy hamyurtimizning o‘yiniga baho bergan edi.
Fikrlar