
Shahboz Umarov BATEdagi debyut uchrashuvida ajoyib gol kiritdi (video)
Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE jamoasi bugun yangi mavsumga tayyorgalik doirasida "Isloch" klubiga qarshi bahs olib bordi va 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, ushbu qishda borisovliklar safiga qo‘shilgan Umarov ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va oradan 9 daqiqa o‘tib, raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.
BATE - "Isloch" 4:3
Gollar: 1:0 — Skavish (23). 1:1 — Morozov (29). 1:2 — Anufriev (33, pen). 2:2 — Saroka (53, pen). 3:2 — Umarov (57). 4:2 — Milich (63). 4:3 — Senkevich (68).
Fikrlar