Shahboz Umarov assist qayd etgan o‘yinda jamoasi g‘alaba qozondi (video)
Qozog‘iston chempionati 23-turidan o‘rin olgan "Ordabasi" - "Shaxtyor" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bahs taqdirini Maksim Fedinning yagona goli hal etib berdi. E’tiborlisi, unga Shahboz Umarov assistentlik qildi. Har ikki legionerimiz bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va Umarov 75-daqiqada zaxiraga olindi. Odilbek Abdumajidov to‘liq o‘ynadi.
Shu tariqa, mezbonlar ochkolari sonini 35 taga etkazib oldi. "Shaxtyor" hisobida 31 ochko mavjud.



Fikrlar