
Semedu va Suares ertaga "Atletiko"ga qarshi o‘ynamaydi
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Erneste Valverde ertaga “Atletiko”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan 18 futbolchi nomini ma’lum qildi.
Mashg‘ulotlarda Mark-Andre ter Stegen, Yasper Sillessen, Tomas Vermalen, Jerar Pike, Lyuka Din, Samyuel Umtiti, Jordi Alba, Serdji Roberto, Ivan Rakitich, Serdji Buskets, Paulino, Andres Inesta, Filippe Koutino, Andre Gomesh, Luis Suares, Lionel Messi, Usman Dembele, Pako Alkaserlar ishtirok etishmoqda va ular ertaga maydonga tusha olishadi.
Jarohat olgan Nelson Semedu ertaga jamoasiga yordam bera olmaydi. Bundan tashqari, Denis Suares ham “matraschilar”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi.
Fikrlar