Semedu "Barselona"dan ketishni rejalashtirmoqda, ammo klub uni yo‘qotishni xohlamayapti

  • 5 iyun, 2019, 09:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi o‘ng qanot himoyachisi Nelson Semedu mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli portugaliyalik futbolchi kataloniyaliklar safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani bois shu qarorga kelgan. Unga esa “Atletiko” Madrid jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ammo, bundan avvalroq “Barselona” rahbariyati Semeduni sotmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Semedu o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!