
Sem Ellardays: Agar meni Ellardichio deb chaqirishganida, men MYuda ishlashim mumkin edi
Angliyalik mutaxassis Sem Ellardays APLdagi murabbiylar borasida fikr bildirdi.
- Shon Daych top klblarni boshqarishi uchun biron-bir sovrinni yutishi kerakmi?
- Shon Daych "Byornli"ni qiyin vaziyatlardan olib chiqdi. Bu Kubokdagi 6 ta 7 ta bellashuvdan so‘ng, finalga etib borishdan ham qiyin.
Men umuman mantiqni tushunmayman. Kichik bir klubda ishlab turib, biron narsa yutib olsangiz, sizni top-klubga taklif qilishingizni kutishingiz mumkin. Bu bema’nilik.
Agar siz ingliz bo‘lsangiz, APLda ishlashning eng yaxshi usuli ismingizni chet el ism-sharfiga o‘zgartirishingiz kerak. Men doim aytganman, agar men Ellardichio bo‘lganimda MYuni boshqarishim mumkin edi," - dedi Ellardays.
Eslatib o‘tamiz, Ellardays "Vest Xem"ni boshqargan paytida ism-sharfi Ellardichio bo‘lganida kuchli to‘rtlikdagi biron-bir klubni boshqarishi mumkinligini aytgan.
Fikrlar