Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi "Barselona"ni sotib olishi mumkin

  • 14 dekabr, 18:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon "Barselona"ni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

"El Chiringuita" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, mazkur masalada asosiy to‘siq “Barselona” futbol klubining huquqiy maqomi bilan bog‘liq. Klub alohida shaxs yoki tashkilot mulki hisoblanmaydi, balki saylov yo‘li bilan boshqariladigan a’zolar jamoasiga tegishlidir. Shu sababli Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasining klubni to‘liq sotib olishi amalda imkonsiz. Manbalarga ko‘ra, jamg‘arma faqatgina “Barselona”ning alohida tijorat tuzilmasiga sarmoya kiritishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, hozirda kataloniyaliklarning 2,5 milliard evro qarzdorligi mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!