
Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Ayrim futbolchilarimiz klublari ruxsat bermagani sabab tarkibga qo‘shila olmadi"
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaponiya uchrashuvida yaponiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida saudiyaliklar bosh murabbiyi Salih Almuhummadi ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Biroq omad oxirgi o‘yinda bo‘lgani kabi bizdan yuz o‘girdi.
Albatta, bu yoshdagi yigitlarda o‘yin boshqacharoq bo‘ladi. Ularda dadillik yoki sovuqqonlik etarli bo‘lmasligi mumkin. Gol urishda bir qancha muammolarga duch keldik. Yaponiyada esa bunday muammo ko‘rmadim.
Musobaqa oldidan bir qancha o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazgandik. Xitoyga mag‘lubiyatimiz biz uchun qimmatga tushdi. Ular bizga qarshi yaxshigina tayyorgarlik ko‘rgandi va shu sababdan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ayrim futbolchilarimiz klublari ruxsat bermagani sabab tarkibga qo‘shila olmadi. Ular asosiy tarkib o‘yinchilari edi. Ayni shu omil tufayli ular jamoaga to‘la moslashib keta olmadi, deb o‘ylayman", - dedi mutaxassis.
Fikrlar